- Ko’pchilikning tasavvurida bankning iqgisodiyotda tutgan o’rni faqatgina omonatlarga mablag’larni jalb qilish va kreditlar berishdan iborat. Lekin zamonaviy banklar o’zlarining raqobatbardoshligini saqlash va jamiyatning talablarini qondirish maqsadida yangi vazifalar bajarishni ham o’rganishi lozim. Bugungi kunda bu vazifalar quyidagilardan iborat (4-jadvalga qarang).
- Bank o’z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi
- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish;
- omonatlarni jalb qilish;
- o’z mablag’lari va jalb qilingan mablaglar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
- chet valyutasini nakd pul va naqd bo’lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;
Bankning hozirgi zamon vazifalari nima? Javobi!
4-jadval.
t/r | Banklarning roli | Izoh |
1. | Vositachilik roli | • jismoniy shaxslardan qabul qilib olgan mablag’larni yangi binolar, asbob uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga investisiya qilish maqsadida kredit oladigan firma va korxonalar o’rtasida vositachi vazifasini bajaradi. |
2. | To’lovlarni amalga oshirishda ishtirokchilik roli | • tovarlar, qimmatli qogozlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun talabnomalar, majburiyatlar va cheklarni kliring asosida o’zaro surishtirishga asoslangan elektron to’lovlar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi. |
3. | Kafolatchilik roli | • bank kafolatchi sifatida tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni to’lashga imkoniyati etmayotgan bank mijozlari qarzlarini akkreditiv ochish yo’li bilan yoki faktoring operasiyalari orqali to’laydi. |
4. | Agentlik (dallollik) roli | • bank mijozlar mulkini boshqarish va himoya qilish, mijozning topshirig’iga binoan uning qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish kabi yumushlarni bajarishda agentlik vazifasini o’taydi. |
5. | Siyosiy roli | • ijtimoiy maqsadlarni hamda iqtisodiyotning rivojlanishini ko’zlab davlat tomonidan yuritilayotgan siyosat targibotchisi vazifasini bajaradi. |
- pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
- uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
- uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- Qimmatli qog’ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operasiyalarni bajarish;
- davlat faoliyatini qo’llab-quvvatlash;
- kichik va o’rta tadbirkorlikni kredit bilan taminlash;
- trast xizmatlari ishonch qog’ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;
- faktoring xizmatlarni amalga oshirish;
- moliyaviy lizingni bajarish;
- istemol kreditini berish;
- moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;
- naqd pul mablaglarini boshqarish;
- yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;
- sugurta xizmatlarini sotish;
- qimmatliklar bilan bo’ladigan operasiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;
- investisiya va boshqa xizmatlarni ado etish.
- . Barcha zamonaviy banklar muomaladagi vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini to’playdilar va kredit beradilar.
Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan yirik davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun olinadigan haq asosan chek ko’rinishida bo’ladi.
Chek hujjatlarining ikki turi mavjud:
Birinchidan, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo qo’yadi va o’z o’rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to’lov sifatida foydalanish mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda xohlagancha sarf qilishi mumkin. Shunday qilib, bank qarz berib, o’z mijoziga depozit ochadi va mijoz undan erkin foydalana oladi.
Ikkinchidan, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar berib, pul ishlaydilar. Bu krelitpyar blgpqya byaniparpa pepozit mablagbo’lib tushadi. Amaldagi krnu^grshkg’^/gSrgu byiq/Jab qilgan depozitlarini kafolatlash uchun zaxiralar fondini tashkil qiladi. Shunday qilib, har bir jalb qilingan depozit qo’yilmasi zaxiralar hajmining ortib borishini taminlaydi va bu mablag’lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar boshqa banklarga depozit ko’rinishida oqib o’tadi va yangidan kreditlar berish imkoniyati yuzaga keladi. Oxir-oqibatda, banklarning kredit berish vazifasiga asosan, ularning depozit hisobvaraqlarida turgan pul mablag’lari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta tasir ko’rsatadi. Banklarning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir.
Banklarning o’zaro kredit olishlaridan maqsad o’z resurslarini oshirish ular xisobidan kreditlar berish hamda qo’shimcha daromad olishdan iborat.
[9J. Banklar faoliyatidagi xizmat turlarining ortib borishi va kengayishi yaqin kelajakda ularning hozirgi banklarga qaraganda butunlay o’zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu o’zgarishlarning sodir bo’lishiga quyidagilar tasir ko’rsatmoqda:
- Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo’lgan talabning ortishi. Bazi bir zamonaviy banklar sug’urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok etish, sug’urta savdosida brokerlik qilish, loyixalarni investisiyalash, qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operasiyalarda brokerlik qilish, moliyaviy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy shaxslarga maslahatlar xizmatini taklif qilmoqdalar.
- Raqobatning o’sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institutlarida xizmat turlarining kengaytirishi natijasida ular o’rtasidagi raqobat kuchayadi. Bu raqobat kelajakda banklarda xizmat turlarini yanada kengaytirilishiga olib keladi.
- Texnologiya sohasidagi o’zgarishlar, yani to’lovlarning yangi integrasiyalashgan vositalariki yuqori suratlar bilan shakllantiradigan bank operasiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi.
- Banklarning xizmat ko’rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan kengayishi.
- Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sugurta tizimining kuchsizlanishi, o’sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va investisiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko’rsatishlari lozim. Chunki ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosati amalga oshirilishini taminlaydilar.
Bu o’rinda, banklarning samarali faoliyat ko’rsatishlarida bank boshqaruvchilarining tutgan o’rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bank boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak:
- professionalizm, ishga ijodiy yondashish, qatiylik, o’ziga ishonch va ishga fidoyilik;
- yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g’oyalarni hayotgatatbiq eta olish qobiliyati;
- odamlarga ruhiy tasir ko’rsata olish salohiyati;
- chiqishimli bo’lish va yutuqni hisob qilish;
- hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;
- ochiq ko’ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o’zgarishlarga oson moslashish;
- vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos gayrat-shijoat ko’rsatish;
- o’zini-o’zi o’stirishga va o’zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish;
- sergayrat va bardoshli bo’lish;
- o’zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o’ta olish;
- o’z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun masuliyatni his qilish;
- jamoada va jamoa bilan ishlashga o’zida ehtiyoj sezish.
Boshqaruvchi keng bilim sohibi bo’lishi, yangicha fikr yurita olishi, uni qo’llab-quvvatlashi va psixologik qobiliyatga ega bo’lishi, oqilona ish yuritishi, kerak bo’lganda, tavakkaliga ish ko’ra olishi lozim. Biznes-loyihalarni ishlab chiqish, tuzatishlar kiritish, marketing tadqiqotlarini amalga oshira olish, bozortalab ehtiyojlarni oldindan ko’ra bilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, axborot va umumiy axborot potensiali, vaqt va xodimlardan mohirona foydalanib, ularning ko’nglidagini ochiq aytishga, guruhlar munozarasini samarali o’tkazishga ragbatlantirish, qisqasi, mohir etakchi bo’lish orqali yuksak natijalarga erishishni taminlashga harakat qilishi lozim.