Home / Iqtisodiyot / Bankning komission (vositachilik) va trast operasiyalari nima?

Bankning komission (vositachilik) va trast operasiyalari nima?

Banklar komission operasiyalarni ham olib boradilar, yani bunda banklar mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o’tkazish bilan bog’liq. Bunda mijoz o’z bankiga uning hisobidagi malum bir summani ko’rsatilgan manzil bo’yicha o’tkazishni yuklatadi.

Operasiya nihoyasiga etganidan so’ng bank mijoziga pul o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. Utkazilgan operasiya uchun bank vositachilik haqini oladi.

Komission operasiyalar turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin (31-chizma).

1515

31-chizma. Komission operasiyalarning turlari.

Akkreditiv operasiyasida bank o’z mijozidan uchinchi bir shaxs, yani akkreditiv ochilgan shaxsga (benefisiarlarga) to’lov summasini o’tkazish haqida topshirik oladi.

Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo’lgan summani avvaldan bankka qo’yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo’lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o’z bankiga sotuvchiga pul to’lashni yuklatishi mumkin.

Inkassa operasiyalari bank tomonidan mijozlarga ularning o’z topshiriqlari va o’z hisoblaridan turli hujjatlar bo’yicha pul olish jarayonini taminlaydi. Inkassa operasiyalari cheklar, veksellar, tovar hujjatlari va qimmatli qog’ozlar bo’yicha amalga oshiriladi. Umuman, inkasso xaridor hisobvarag’idan pul summasini olish bo’yicha bank harakatini bildiradi. Qimmatli qog’ozlarni inkassalashtirishda mijoz ularni bankka shu qogozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish uchun beradi.

Faktoring mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan birgalikda o’tkaziladigan savdo-vositachilik operasiyalariga tegishlidir. Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni etkazib berish qiymatining 80 foizini shu zahoti to’lash va qolg’an qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to’lash sharti bilan sotib oladi.

Vositachilik operasiyalarining o’ziga xos yana bir turi ishonch operasiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig’i bo’yicha malum mulkni, pul yoki qimmatli qog’ozlar ko’rinishida saqlash, o’tkazish va boshqarishni o’z zimmasiga oladi.

Bularga, shuningdek, savdo-vositachilik operasiyalari mijoz topshirigi bo’yicha qimmatli metall va qimmatli toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog’ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi.

Bankning trast operasiyalari ham vositachilik operasiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng tarqalgan shakli bu aksiya, obligasiya va pul mablag’larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) o’tkazishni ham banklar orqali amalga oshirilishidir. Moliyaviy vositalar va moliyaviy aktivlar summasining ko’payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operasiyalarning ko’lami ham kengayib bormoqsa. Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo’linmalaridan biridir.

Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirigiga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo’yicha ish ko’radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablaglarini boshqaradilar za boshqa moliyaviy vositalar bilan bog’liq bo’lgan olerasyayalarni amalga oshiradilar. Banklar trast operasiyalarini nafaqat jismoniy shaxslar bo’yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.

Jismoniy shaxslar uchun quyndagi trast xizmatlari turlari mavjud:

  • merosni boshqarish;
  • ishonch va vasiylik bilan bog’liq operasiyalarni bajarish va boshqalar.
  • O’z mijozlarining kapitalini boshqarish bugungi kunda juda keng tarqalgan trast operasiyalarining byar turndir. Bunda banklar mijozlarining malum pul mablag’larini boshkarishga oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o’z mablaglarini ishlatish tartibini belgi. aydi. Nufuzli banklarda kapitalni bunday tartibda boshqarip.yaing besh turi mavjud (30-jadval).

30-jadval.

Kapitalni boshqarishning turlari

Kapitalnn boshkarishning turlari izo\
1. Qattiq konservativ • mijozning mablag’lari fakatgina eng ishonchli bo’lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat kimmatli kog’ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko’rish xavfi umuman bo’lmaydi.
2. i • mablag’larni rivojlangan mamlakatlarning dav-
Konservativ lat qimmatli qog’ozlariga va yirik xalqaro banklar depozitlariga qo’yish nazarda tutiladi. Lekin bunda banklarning sinish holati mavjud bo’lganligi sababli bu tartibda mablag’larni joylashtirish mijozlarga so’zsiz foyda olishlarini xar doim ham kafolatlamaydi.
3. O’rtacha konseryativ * mablag’larni jahonning asosiy fond birjalarida baxolangan aksiyalarga qo’yish tushuniladi. Investisiyalashning bu yo’nalishi foyda bilan bir qatorda zarar ko’rish ,xavfini ham tugdiradi.
4. O’rt?.cha agressyav • bu mablag’larni fan-texnika tarakkiyotini belgilab beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar bilan bog’liq bo’ladi.
5. Agressiv • bu mablag’larni «Osiyoning to’rt ajdarhosi» (Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya) kompaniyalarining akiiyalariga sarflashni taminlaydi. Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko’rish ham mumkin.

Trast bitimi muayyan qimmatli qog’ozlar to’plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan fond bo’yicha shartnomaviy kelishuv.

Trast kompaniya xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya.

Trast-vakil ishonch bildirilgan vakil.

Trast bitimning o’ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag’larni qo’yish va ularning oqibatlari to’grisida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy xolatlar yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo’lmaydi. Bu holat asosan aksiyalarga sarflangan mablag’larga tegishli bo’lib, ularning bahosi bazida oshishi yoki pasayishi mumkin.

Masalan, 1987 yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan mablag’larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga o’tkazishi mumkin. O’zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast operasiyalarini qo’llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormokda.

Komission (vositachilik) operasiyalarini amalga oshirishda banklar o’z mablag’larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo’ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o’z mijozlarining to’lov topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operasiyalar bo’yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo’ladi.

Tijorat banklari o’z mijozlarining turli xil to’lov topshiriqnomalarini bajarishi va o’zaro operasiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan korrespondentlik aloqalarini o’rnatadilar.

Masalan, o’z filiallari yoki bo’linmalariga zga bo’lmagan joylarda bank mijozlarning to’lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar, akkreditivlar va boshqa shakllar bo’yicha maxsus korrespondentlik kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda u korrespondent banklar cheklar, akkreditivlar to’lashni o’z zimmasiga oladi. Banklar o’rtasidagi talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi.

Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar tomonidan shifrlar tizimi qo’llanadi. Teleks xabarlari banklararo munosabatlarda hujjat bo’lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo’llaniladigan telekslar ichki va xalqaro bo’lishi mumkin.

Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo’yicha bank oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan investisiyalar (qo’yilmalar) bo’yicha foiz va dividendlar, hisobkitob, faktoring, trast va boshqa vositachilik operasiyalaridan olinadigan vositachilik mukofotlari, birja bitimlari bo’yicha valyuta operasiyalaridan keladigan tushumlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Bu tushumlar bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o’rin tutadi.

 

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …