Home / Iqtisodiyot / Bank hisoboti

Bank hisoboti

Bankning moliyaviy hisoboti bu bank taklif etgan xizmatlar va boshqa turdagi faoliyatlar to’g’risidagi malumotlar majmuidir. Bu hisobot qonunni, huquqni himoya va nazorat qiluvchi organlar, aksionerlar, bank boshqaruvchilari, investorlar, mijozlar uchun juda muhimdir.

imagesO’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan banklarga moliyaviy hisobotlarni matbuotda chop ettirish uchun quyidagi shakllarni belgilagan:

  • Bankning yigma yillik yakuniy balansi (balans hisoboti) (25jadval).
  • Joriy yilning yig’ma yakuniy daromadlar va xarajatlar hisoboti (26-jadval).

Ushbu daromadlar va xarajatlar hisoboti auditor firma tomonidan tasdiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 41-42-moddalarida banklarda hisob yuritish va hisobot xususida quyidagilar yozilgan: «Banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar».

Yuqoridagi xar ikkala moliyaviy hisobot Markaziy bank belgilaydigan shakl va muddatlarda, unda ko’rsatilgan malumotning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda elon qiladilar.

Balans hisoboti aktivlar, passivlar (yani majburiyatlar, aksionerlar sarmoyasi va ko’zda tutilmagan vaziyatlar moddalarini o’z ichiga olsa, daromadlar va xarajatlar xisoboti esa, bankning malum vaqt ichida qilgan daromadi va xarajati haqidagi malumotlarni o’z ichiga oladi).

Bulardan tashqari, bank faoliyatining moliyaviy ahvoli bilan qiziquvchilar uchun yana ikki hisobot juda muhimdir. Bular:

  • mablag’lar manbai, ulardan foydalanish haqidagi hisobot;
  • aksionerlar sarmoyasi haqidagi hisobot.

Mablag’lar manbai va ulardan foydalanish haqidagi hisobot quyidagi ikkita savolga javob beradi:

  • malum bir vaqt ichida foydalanilgan mablag’lar qaerdan olingan?
  • mablag’lardan qanday foydalanildi?

Aksionerlar sarmoyasi haqidagi hisobot malum vaqt ichida sarmoyaning harakati va uning natijasida sarmoyada yuz bergan o’zgarishlar haqidagi malumotni beradi.

Moliyaviy hisobotlar quyidagi ko’rsatkichlarga nisbatan moliyaviy xatarni etiborga olgan holda tuziladi: 1) kapitalning etarliligi; 2) aktivlar sifati; 3) likvidlik; 4) foiz stavkasi xatari; 5) xorijiy valyuta savdosining sezuvchanligi; 6) balansdan tashqari mablag’lar; 7) operasiyalar xatari; 8) ichki nazorat va qonun organlari orqali hal qilinadigan janjalli moliyaviy ishlar.

Shuningdek, moliyaviy hisobotlarda sof foiz daromadlar, kreditlar tufayli ko’riladigai zararlarni qoplash zaxirasi, foiz daromadlari bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar, to’lanadigan foiz bilan bog’lik bo’lmagan xarajatlar, ko’zda tutilmagan xarajatlar, to’lanadigan soliqlarni tahlil qilish orqali bank daromadlarining sifati va barqarorligiga baho beriladi.

  • Moliyaviy hisobotlarning har tomonlama to’liq va foydali bo’lishiga erishish uchun joriy faoliyat natijalari bilan rejalashtirilgan natijalarni, joriy natijalar bilan o’tgan davrdagi natijalarni, bank faoliyati natijalari bilan boshqa banklar faoliyati natijalarini qiyoslash maqsadga muvofiq.

Balans hisoboti

yil 1 yanvar holatiga bank

Bankning ro’yxat raqami__________________________

Manzili_______________________________________

Aktivlar Ming so’mda
1. Nakd pullar va boshqa kassa xujjatlari  
2. O’zR MB dagi pul mablag’lari  
3. Boshqa banklardagi mablaglar  
4. Qimmatbaxo qog’ozlar  
5. Banklarga berilgan kreditlar sof qoldigi  
6. Mijozlarga berilgan kreditlar sof koldigi  
7. Investisiyalar  
8. Asosiy vositalar  
9. Boshka aktivlar  
10. Jami aktivlar  
  Passivlar  
  Majburiyatlar  
1. Talab qilib olguncha depozitlar  
2. Jamgarma depozitlari  
3. Muddatli depozitlar  
4. Banklarning depozitlari  
5. Boshqa banklardan olingan kreditlar  
6. Boshqa kreditlar  
7. Boshqa majburiyatlar  
8. Jami majburiyatlar  
  Aksionerlik kapitali  
9 Ustav kalitali  
10. Qo’shilgan (ortiqcha) kapital  
11 Rezerv kapital  
12. Taksimlanmagan foyda  
13 Jami aksionerlik kapitali  
14. Jami passivlar  
  Ko’zda tutilmagan vaziyatlar moddalari  
1. Kafolatlar (bank tomonidan berilgan)  
2. Ko’zda tutilmagan boshka vaziyatlar xisob rakami  
3. Ko’zda tutilmagan jami vaziyatlar moddalari  

Ushbu balans malumotlari auditorlar tomonidan
tasdiqlangan.

Firma nomi

Lisenziya raqami

Daromadlar va xarajatlar hisoboti yil uchun bank

Bankning ro’yxat raqami________________________________

Manzili_____________________________________________

Ko’rsatkichlar Foyda Zarar
  Foizlardan olingan daromadlar    
1. Zank va boshqa kredit tashkilotlari depozitlaradan    
2. Ssudalardan    
3. Lizing operasiyalaridan    
4. Qarzga berilgan qimmatli qog’ozlardan    
5. Boshka manbalardan    
6. A. Foizlardan olingan daromadlar    
  Foizlarga to’langan xarajatlar    
7. Bank va boshqa kredit tashkilotlariga foiz to’lovlar    
8. Mijozlar depozitlariga foiz to’lovlari    
9. Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar uchun foiz to’lovlari    
10. V. Foizlarga to’langan xarajatlar jami    
11. S. Foizlardan olingan daromadlar (S=A+V)    
  Foizsiz joriy daromadlar    
12. Chet el valyutasi operasiyalaridan sof foyda    
13. Boshqa savdodan tushgan daromad    
14. Trast operasiyasi va agentliqdan tushgan daromad    
15. Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan qo’yilma evaziga olingan daromad (zarar)    
16. Boshka joriy daromadlar    
17. D. Foizsiz joriy daromad jami    
18. E. Joriy daromad (E = S + D)    
  Boshqa foizsiz joriy xarajatlar    
19. Ish xaki    
20. Moddiy yordam    
21. Ekspluatasion xarajatlar    
22. Boshqa joriy xarajatlar    
23. Foizsiz xarajatlar -jami    
24. Ssudalar va bo’naklar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi    
25. Ssudalar va bo’naklar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasiga mablag’ ajratilgandan keyingi sof daromad    
26. Soliq to’lagunga qadar bo’lgan foyda    
27. To’langan soliklar    

28. Kutilmagan daromad (zarar)dan sof foyda    
29. Sof foyda (zarar)    
30. Bitta aksiyaga to’g’ri kelgan sof foyda    
31. Bitta aksiyaga elon qilingan dividend    

Bank boshqaruvi raisi

Bosh buxgalter_________________________

Bank balansi bu bankning o’z va jalb qilingan mablag’larining holati qamda ularning kredit va boshqa aktiv operasiyalarda joylashuvini aks etgiruvchi buxgalteriya balansidir. Balans malumotlari yordamida pul mablag’larini moliyalashtirish va joylashtirish, kredit, hisob-kitob, kassa, shuningdek, kimmatbaxo qog’ozlar bilan bog’liq operasiyalarni o’z ichiga oluvchi boshqa bank operasiyalarining holati ustidan nazorat qilish amalga oshiriladi.

Balanslar tijorat banklari hisobotining asosiy qismi bo’lib, bank barqarorligini nazorat qilish, bank faoliyati boshqaruvini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Banklarning balanslari yiriklashtirilgan shaklda tuziladi. Operasiyalarning aniqlik darajasi raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi tijorat banklari amaliyotiga xos bo’lgan tijorat siri bilan chegaralangan.

Odatda, balansda shubhali va zarar keltiruvchi operasiyalar, shuningdek, ushbu operasiyalarni qoplash uchun ishlatiladigan sug’urta rezervlari alohida ko’rsatilmaydi. Bir vaqtning o’zida banklarning raqobatdoshligi va ishonchliligini saqlash maqsadida balansning ishonchliligi hamda ko’rgazmaliligini taminlash zarur.

Bank balanslari tijorat axboroti vositalariga taalluqli bo’lib, uning quyidagi asosiy operativlik, aniqlik, yuksaklik talablariga javob beradi.

Bank balansining har kuni tuzilishi uning operativligini bildiradi. Bank balansi pul mablag’larining mavjudligi va mijozlarining to’lov qobiliyati, kredit resurslari va ularning joylashuvi, bankning ishonchliligi va bardoshliligi to’g’risidagi aniq malumotlar manbaidir. Banklardagi hisob ishonchlilik talablariga javob beradi.

Bank balansining tuzilishida iqtisodiy operasiyalar: mazmunining bir xilligi, resurslar muvozanati jihatidan kamayib boruvchi moddalar aktiv bo’yicha, talab qilish darajasining kamayishi passiv bo’yicha guruhlashtiriladi. Balansning bunday tuzilishi schyotlarning bir tomonlama guruhlashtirish tamoyilini aniqlab beradi. Uning bir bo’limining o’zida aktiv, passiv va aktiv-passiv schyotlar bo’lishi mumkin. Birgina bo’lim, «bank fondlari» schyotlari balansning faqat passivida, ikkinchi bo’lim «pul mablag’lari» schyotlari aktivda aks ettiriladi, boshqa yigirma ikki bo’limning schyotlari balansning aktivida ham, passivida ham aks ettiriladi.

Shunday qilib, bank balansi tijorat banklari resurslari, ularning shakllanishi, foydalanilishi haqidagi malumotlarning’ pul ko’rinishida ifoda etilishidir. Bu balans bankning aktivlari, passivlari (majburiyatlari) va muassislar sarmoyasidan tashkil topadi.

  1. Bank aktivlari balansning bir qismi bo’lib, unda quyidagilar aks etgiriladi:
  • xazinadagi nakd pul mablag’lari va hujjatlar;
  • Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankdagi pul mablag’lari;
  • boshqa banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar;
  • qimmatli qogozlar davlat qimmatli qog’ozlari va xususiy qimmatli qogozlar, yani korxonalarning qimmatli qog’ozlari;
  • bank ssudalari, yani banklararo kredit mablaglari;
  • mijozlarga beriladigan kreditlar;
  • investisiyalar;
  • asosiy mablag’lar ko’chmas mulk;
  • boshqa aktivlar.
  1. Bank passivlari, yani bank majburiyatlarini aks ettiradi hamda ularning qaysi guruhga taalluqli ekanligini ifodalaydi.

Bank passivlariga quyidagilar kiradi:

  • talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
  • jamg’arma depozitlar;
  • muddatli depozitlar;
  • banklarning depozitlari;
  • banklararo ssudalar;
  • boshqa ssudalar;
  • boshqa passivlar.

Umuman tijorat bankining taxminiy balansi quyidagi ko’rinishga ega (27-jadval).

Tijorat banklarining passivlari asosan joriy omonatlar va jamg’arma hisobvaraqlaridan tashkil topadi. Aktivlar odatda turli xil moliya aktivlari o’rtasida (qimmatli qog’ozlarning turli ko’rinishlari o’rtasida) baravar taqsimlanadi.

Tijorat bankining taxminiy balansi

Aktivlar Passivlar
1. Pul mablag’lari

a)  kassada

b) vakillik hisobvarag’ida v) majburiy zaxira fondi

1. Bank fondpari va foydalanilmagan foyda

a) ustav fondi b) zaxira fondi v) boshqa fondlar g) foydalanilmagan foyda

2.  Valyuta va qimmatli qog’ozlar a) ivalyuta

b)    veksellar

v)    hukumatning qimmatli qog’ozlari

3.  Bank ssudalari

a)   qisqd muddatli

b)   uzoqmuddatli

v)   kreditlar bo’yicha muddati o’tab ketgan karzlar

g’) kreditlar bo’yicha muddati o’tib ketgan foizlar

d)   boshqa banklarga beriladigan kreditlar

e)   filiallarga berilgan kredit resurslari

4.  Korxonaning ustav kapitaliga qo’yilmalar

5.  Asosiy vositalar

6.  Boshqa aktivlar

2.  Jalb qilingan mablag’lar

a)   xisob-kitob varagi va joriy xisobvaraqlardagi mablag’lar qoddiklari

b)   kapital qo’yilmalar hisobvaraqlaridagi mablag’larning qoldiqlari

v)   byudjet mablag’larining qoldiqlari

g)   omonatlar

d)  depozitlar

e)   boshka passivlar

3.  Xarid mablag’lari

a)   markazlashtirilgan kredit resurslari

b)   kredit resurslari auksionlari orqali erishilgan mablag’lar

v)   ikki tomonlama shartnoma asosida erishilgan mablag’lar

Yuqorida takidlab o’tilganidek, tijorat banklari omonatchilarning moliya mablag’larini jalb etadi hamda ularni kreditlar berish, va o’z nomlaridan qimmatli qog’ozlarni sotib olishda foydalanadi. Omonatchilar alohida shaxslar yoki korxonalar, firmalar yoki tashkilotlar bo’lib, mablag’larning egasi hisoblanadi. Ular o’z mablag’larini banklarga chek va jamg’arma hisobvaraqlari, muddatli omonatlar va boshqa xil moliya vositalari shaklida «topshirish»ni rasmiylashtirgan holda vaqgincha foydalanish uchun taqsim etadilar.

Bank nuqtai nazaridan qaraganda, mana shu hisobvaraqlari va omonatlarning barchasi qarz majburiyatlari hisoblanadi, chunki ular bo’yicha bank o’z omonatchilaridan «qarzdor» sanaladi. Shuning uchun ham, u bank balansining passiv qismiga tegishli, bu erda faoliyatning turli yo’nalishlari bo’yicha bankning hamma qarzlari ro’yxati beriladi.

Shular bilan bir qatorda bank o’ziga qarashli aksiyadorlik mablag’ini ham qo’shib, jalb qilingan mablag’larni turli aktivlar yoki faoliyat yurituvchilar o’rtasida joylashtiradi va ular bank balansining aktiv qismida aks etgirilgan.

Tijorat bankining taxminiy balansi bank aktivlari va passivlari tarkibi hamda tuzilishini tasvirlashning umumiy qabul qilingan andozasi hisoblanadi. Balans ularning malum muddat ichidagi holatini qayd etadi, yani balans iqgisodiy subekt moliyaviy ahvolining bir lahzalik tavsifidir. Masalan, aytaylik, 2004 yil 1 yanvarga tayyorlangan balansdan bankning 2003 yilda omonatchilarning jalb qilingan mablag’larini qanchalik muvaffaqiyat bilan joylashtirilganligini yoki bu mablag’lar qo’yilgan qimmatli qog’ozlarning eng maqbul tarkibiy tuzilishi ko’p jihatdan uning keyingi yillardagi hayotga qodirligi hamda likvidligini belgilab ko’yganini ko’rish mumkin.

 Bank balansining hisoblari (schyotlari) aktiv, passiv va aktiv-passiv xillarga bo’linadi (26-chizma).

bak

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …