Home / Iqtisodiyot / Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi

Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi

Banklarning bajaradigan vazifalari va ko’rsatadigan xizmatlari hajmi ularning katta-kichikligiga, ustav kapitalining hajmiga va ixtisoslashuviga bog’liq. Ular uch xil bo’ladi: mayda, o’rta va yirik banklar (ustav kapitalining hajmiga qarab bo’lishi mumkin).

Kichik va o’rta banklar asosan mayda va o’rta hajmdagi xo’jalik subektlariga xizmat ko’rsatib, bu banklarning asosiy vazifasi xususiy shaxslardan mablag’larni depozitlarga qabul qilib olish, mayda korxonalarga turli kreditlar berishdan iborat. Bunday banklar ko’p hollarda quyidagi tashkiliy chizmaga ega (4-chizma).

sd

4-chizma. Kichik va o’rta banklarning tashkiliy chizmasi.

Kichik va o’rta banklar faoliyatini direktorlar Kengashi nazorat qiladi va bank rahbari muntazam ravishda ularning oldida hisobot berib boradi. Mayda va o’rta banklar faoliyatining yaxshi-yomon bo’lishi uni oqilona boshqarish bilan birga ular joylashgan hududga hamda mijozlar sifatiga bog’liq. Bunday banklar asosan juda yuqori bo’lmagan tavakkalchilik bilan ishlaydilar.

Yirik banklarning tuzilishi mayda banklar tuzilishidan umuman farq qiladi (5 chizma).

Ular odatda bank-xolding kompaniyalariga, yani bir nechta yirik banklar va moliya institutlari uyushmasiga bo’ysunadi. Ularning aksiyadorlari kuzatuv Kengashini saylaydilar va bu Kengash bankxolding kompaniyalariga qarashli moliya institutlari ustidan nazorat olib boradi. Bank-xolding kompaniyasi Kengashining bir nechta azolari bu kompaniyaga qarashli banklar Kengashlarining azolari ham bo’lishi mumkin.

Yirik banklarning eng katta muammosi boshqarish muammosidir: rahbariyat o’zining banki faoliyati haqida to’liq malumotlarga ega bo’ladi, lekin bo’limlar faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo’lmaydilar. Bank xizmatlari keng qamrovli bo’lganligi tufayli mavjud jiddiy muammolar haftalar, hatto oylar davomida sezilmasligi mumkin. Yirik banklarning mayda banklardan ustunligi shundaki, ular turli va ko’p sonli mijozlarga, bozorlarga xizmat qiladilar.

  • «Xolding» so’zi (ingliz tilida ‘’holding”) «egalik qilish» manosini anglatadi. Xolding kompaniyalari turli moliyaviy subektlarni birlashtirish maqsadida tuziladi. Ushbu subektlarni boshqarish huquqini olish, shu subektlar aksiyalarining nazorat paketini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Bank xoldingining ikki turi bor: sof xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi; aralash xolding nazorat va boshqaruv vazifalari bilan birga sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullanadi.

  • . Amaldagi qonunchilikka asosan, tasischilar yangi bank ochish uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin tasis shartnomasini tasdiqlaydilar. Shundan so’ng, bir oy muddat ichida bank ochishga ruxsat so’rab, Markaziy bankka quyidagi hujjatlar to’plamini taqdim qiladilar:
  • muassislar tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan uch nusxadagi tasis shartnomasi (asli va ikki nusxasi). Muassislar imzosi va tasis shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;
  • muassislar majlisida tasdiqlanib, ular tomonidan imzolangan bank Ustavi uch nusxada;
  • bankni tashkil etish to’g’risida, Ustav sarmoyasi hajmi xaqida, bank Ustavini tasdiqlash haqida hamda bank Kengashi, taftish komissiyasi va bank Boshqaruvini saylash to’g’risidagi qaror qayd etilgan muassislar majlisi bayonnomasi. Bu hujjat nusxalari bank Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.

Muassislar haqida quyidagi malumotlar keltiradi:

  • muassislar ro’yxati; ularning to’liq nomi, manzili, telefon raqami, to’lov rekvizitlari, ustav kapitaliga ulushi, shu jumladan, foiz hisobida.

Bankni tashkil qilishda ovoz berish xuquqiga ega aksiyalarning 5 foiziga ega muassislardan quyidagi malumotlar talab qilinadi:

  • jismoniy shaxslar bo’yicha: mutaxassisligi va kasbi to’g’risida to’liq axborot, shu jumladan, yashash joyi, telefon raqami, mazkur vaqtgacha ishlagan yoki aksiyador bo’lgan korxona va muassasalar nomi, so’nggi ikki yil uchun soliq deklarasiyasi (jismoniy shaxs rezidentlar bundan mustasno), shaxsiy balans qaydnomasi;
  • yuridik shaxslar bo’yicha: nomi, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi hujjat, manzili, telefon raqami, to’lov rekvizitlari, agar o’z aksiyasiga ega bo’lsa, ularning soni, shuningdek, foiz hisobida, soliq nazorati va auditor firmasi tomonidan tasdiqlangan so’nggi ikki yillik balans hisoboti.

Yangi tashkil etilayotgan bank Kengashi azolari, uning raisi va o’rinbosarlarining ismi-shariflari, yashash joylari, egallaydigan lavozimlari Markaziy bank tomonidan qo’yiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi malumotlar bitilgan ro’yxat.

Bank ochish uchun amaldagi qonunchilikka binoan biznes-reja, moliyaviy reja tuzilgan, sarmoyaning tarkibi tahlil qiling’an, tegishli bank binolari va uskunalari mavjud bo’lishi lozim. Qabul qilingan qarorlar, qonun va bank faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar hamda bank xizmatidan foydalanuvchi barcha subektlar talablariga javob berishi lozim.

1995 yilning iyul oyida davlatimiz rahbari Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizning deyarli barcha banklarini birlashtirgan Uzbekiston banklari Uyushmasi dunyoga keldi. Respublika hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlangan bank tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturi endigina dunyoga kelgan mazkur tashkilotning bosh hujjatiga aylandi.

 Bakn soxtori - struktura otdel va shubalar

Ushbu hujjatda O’zbekiston banklari assosiasiyasi oldida turgan va yaqin yillarga mo’ljallangan vazifalar, yani:

  • rivojlangan bank infratuzilmasini yaratish;
  • qulay investisiya muxitini shakllantirish;
  • milliy bank tizimini jahon banklari hamjamiyatiga integrasiyalashtirish kabilar o’z aksini topdi.

Respublika hukumatining ulkan g’amxo’rligi tufayli Kompleks dasturni amalga oshirishning ishonchli mexanizmi yaratildi.

Chunonchi, respublikadagi barcha banklar 2 yil muddatga soliqlardan ozod etildi, undan bo’shagan mablag’lar esa Uyushma orqali dasturni moliyalash va bevosita banklarning mustaqil oyoqha turib olishi uchun sarflandi. MDH hududidagi bironta ham davlatda, O’zbekistondagiday, bank tizimi rivoji uchun bu qadar qulay shart-sharoitlar yaratilg’an emas.

Bugungi kunda O’zbekiston banklari Uyushmasi o’z bag’rida 24 ta tijorat bankni birlashtirgan demokratik tuzilma bo’lib, mavjud banklar manfaatlarining o’zaro mutanosibligini va davlat tomonidan olib borilayotgan iqgisodiy siyosatning ustuvorligini taminlash faoliyatining asosiy yo’nalishidir.

O’zbekiston banklari Uyushmasi o’tgan davr mobaynida o’z zimmasiga qo’yilgan vazifalarni bajara borib, mamlakatimizda birinchi marta moliyaviy xizmatning to’la majmuini ko’rsatishga qodir va xalqaro andozalarga mos keladigan quyidagi 12 ta kompaniyani tashkil etdi:

  • «Omonat-moliya» sug’urta jamg’armasi (1998 yil)
  • «Ishonch» sugurta kompaniyasi (1996 yil)
  • «Baraka» lizing kompaniyasi (1996 yil)
  • «Uzkeysagrolizing» qo’shma korxonasi (1997 yil)
  • «Uzkeysservis» qo’shma korxonasi (1997 yil)
  • «Invest-trast» kompaniyasi (1996 yil)
  • «Axbor-reyting» reyting kompaniyasi (1996 yil)
  • «Hamroh-loyiha-invest» injiniring konsalting kompaniyasi (1996 yil)
  • «Plastik-kart» innovasiya kompaniyasi (1996 yil)
  • «Moliya-huquq-xizmat» huquqiy xizmat markazi (1996 yil)

O’z Ustav jamg’armasining hajmiga ko’ra, bu kompaniyalar markaziy Osiyodagi eng yirik nodavlat tuzilmalari hisoblanadi.

O’zbekiston banklari Uyushmasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • xo’jaliklarning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish dinamikasini boshqarishga ko’maklashish;
  • O’zbekiston Respublikasi bank ishini rivojlantirishda, hokimiyat organlari va boshqarmalar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan iqtisodiyotni, pul muomalasini barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlarda va pul-kredit siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • bank tizimiga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish;
  • chet el va mamlakat tajribasini o’rganish asosida iktisodiy islohotlar sharoitida banklar ishini tashkil etishda yordam berish;
  • bank ishida xalqaro andozalarni joriy etish;
  • yirik dasturlarni bajarishda, banklar resursini taminlashda banklarga ko’maklashish;
  • bank mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish;
  • o’zaro ishonchni, banklar obro’sini, ularning raxbarlari va mutaxassislari bilan aloqasini, ishonchlilik va halollikni, o’zaro va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni, amaliy sherikchilikni qo’llab-quvvatlash;
  • banklarning xalqaro hamkorligini rag’batlantirish, xalqaro moliya institutlari, chet el banklari, ularning ittifoqi va birlashmalari bilan amaliy aloqalarni rivojlantirish;
  • hokimiyat, qonunchilik va ijroiya organlarida, Markaziy bankda, huquqni muhofaza etish va moliya organlarida banklar tutgan yo’lni ifodalash va banklar amaliy manfaatini himoya qilish.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun Uyushma:

  • qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan bank tizimini rivojlantirishga ko’maklashuvchi, ularning ishonchliligi va mustaqilligini mustahkamlovchi hujjatlar qabul qilinishi yuzasidan takliflar kiritadi, banklarni ularning kundalik faoliyatini mamuriyat va nazorat organlarining aralashuvidan saqlaydi;
  • o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi banklari bilan muvofiqlashtiradi;
  • hokimiyat organlari va boshqarmalar bilan aloqa o’rnatadi;
  • pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha banklar va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirishga, pul muomalasini barqarorlashtirishga qaratilgan, kredit bozori va banklarga nisbatan oqilona soliq siyosatini qo’llash bo’yicha takliflar kiritadi;
  • iqtisodiyot, bank ishi, kredit va qimmatli qogozlar bozorini rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatadi;
  • banklarni tezkor, ilmiy-uslubiy axborotlar bilan taminlaydi;
  • turli konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va ko’rgazmalar tashkil etadi;
  • xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va ularning birlashmalari bilan hamkorlikni amalg’a oshiradi;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqalar.

Tijorat banklari, qo’shma, chet el, investision va boshqa bank muassasalari, shuningdek, bank tizimiga xizmat qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar Uyushma azolari bo’lishlari mumkin.

Uyushmaning yuqori boshqaruv organi -qatnashchilar qurultoyi hisoblanadi. Qatnashchilar qurultoyi uch yilda bir marta chaqiriladi. Kengashga uch yil muddatga saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Uyushma faoliyati qatnashchilar qurultoyi qarori yoki O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha to’xtatiladi.

Banklar o’zining tarkibiy tuzilishi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi lavozimlar bo’yicha xodimlarga ega bo’lishlari mumkin:

  • kredit mutaxassisi;
  • kredit tahlili bo’yicha mutaxassis;
  • kreditlarni to’lash (uzish) rejasi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis;
  • bankning operasion faoliyatini boshqaruvchi;
  • bo’lim boshlig’i;
  • bank axborot texnologiyasi, yani kompyuterlar tahlili bo’yicha mutaxassis;
  • audit va nazorat bo’yicha mutaxassis;
  • moliyaviy tahlil mutaxassisi;
  • trast operasiyalari mutaxassisi;
  • bankning xususiy shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassislari;
  • xazinachilar;
  • qimmatli qog’ozlar va ular savdosi tahlili bilan shug’ullanuvchilar;
  • uzoq muddatli rejalashtirish bilan shugullanuvchilar;
  • marketing bo’yicha mutaxassis;
  • kadrlar boshqaruvchisi;
  • xalqaro moliya va biznes masalalari bo’yicha mutaxassis;
  • xorijiy valyuta savdosi bo’yicha mutaxassis;
  • bank investisiyalari bo’yicha mutaxassis;
  • xavfsizlik bo’yicha mutaxassis;

Яна маълумот

909

Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi

Suda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan o’ziga xos to’lovdir. Uning to’lovchisi ham, …