Home / Madaniyat / Badr jangidagi farishtalar

Badr jangidagi farishtalar

Jabroil -alayhis-salom- Rosululloh sallallohu alayhi vasallam-ning huzurlariga kelib: “Badr jangida qatnashgan kishilarni qanday kishilar deb bilasizlar?” – dedi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam-: “Musulmonlarning eng yaxshilari (deb bilamiz)”, – dedilar. Jabroil -alayhis-salom-: “Biz farishtalar ham Badr jangida qatnashganlarni eng yaxshilarimiz deb bilamiz,” – dedi.

Abu Lahab zamzam yonida o’tirib Badr jangi xabarlarini va musulmonlar bilan mushriklar o’rtasida bo’layotgan hodisalarni surishtirib o’tirardi. Jang qatnashchilaridan biri Mug’iyra ibn Horis ismli kishi uzoqdan ko’rinib qoldi. Abu Lahab: “Ey jiyan, bu yoqqa kel”, – deb uni chaqirdi. – “Badr jangi haqida so’zlab bersangchi!” – dedi. Mug’iyra Abu Lahabning yoniga kelib o’tirdi, odamlar ham uning atrofiga to’plandilar. Abu Lahab betoqatlik bilan: “Qani, jiyan, so’zlachi, nimalar bo’ldi?” – dedi. Mug’iyra: “Biz ularga o’zimizni tutib berdik, xolos. Xohlaganlaridek o’ldirishdi, xohlaganlaridek asir olishdi. Allohga qasamki, bizning jangchilarimizda ayb yo’q.

1644479765_23-chakBiz oppoq libosli kishilarga duch keldik. Ular osmonga tutashib ketadigan, bahaybat otlar minib olgan edilar, biror bir narsani qoldirmadilar, birorbir narsa ularni qarshisida tura olmadi,” – dedi. O’tirganlar orasida Abu Rofi ismli Abbos ibn Abdulmuttalibning quli ham bor edi. U avvalroq islom dinini qabul qilgan va musulmonligini yashirib yurardi. Mug’iyra ibn Horisning so’zlarini eshitgach: “Allohga qasamki, sen aytayotgan kishilar Allohning farishtalaridir,” – dedi.

Haqiqatan ham u jangchilar farishtalar edi. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Badr kuni jangda: “Ana u qurol-aslahasini taqib, otini boshini ushlab turgan Jabroildir,” – degandilar. Badr jangi kuni mushriklar mingga yaqin kishi edi, sahobalar esa uch yuz o’n to’qqiz kishi edilar. Shunda rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- qiblaga yuzlanib, qo’llarini ko’tardilar-da, Allohdan yolvorib duo qilib, yordam so’radilar: “Ey Alloh! Menga bergan vadangni bajo keltir!

Ey Alloh! Menga bergan vadangni amalga oshir! Agar bu musulmon jamoat halok bo’lsa, qaytib Senga hech kim er yuzida ibodat qilmaydi!”. Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- shu holda qo’llarini ko’tarib, Allohga duo-iltijo bilan yolvorishda davom etaberdilar, hatto elkalaridan ridolari ham tushib ketdi. Abu Bakr -roziyallohu anhu- kelib, ridolarini to’g’rilab, elkalariga tashladi va: “Ey Rosululloh -sallallohu alayhi vasallam- Robingizga qilgan bu duoingiz etar. Albatta, Alloh bergan vadasini bajo keltiradi,” – dedilar. Shunda quyidagi oyati karima nozil bo’ldi:

«O’shanda Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qilib: «Men sizlarga ketma-ket keladigan minglab farishtalar bilan madad berurman», – (dedi)». Alloh taolo musulmonlarga farishtalar bilan madad berdi. Farishtalar musulmonlar bilan birga kofirlarga qarshi jang qildilar. Allohning izni bilan musulmonlarga nusrat keldi. (Muslim rivoyati).

Яна маълумот

moloko-1024x768

Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’krakdan boqish

Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqni kqkrakdan boqishni u tug’ulgandan sung dastlabki 30 minut ichida boshlagan makul. …