Breaking News
Home / Jamiyat / O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 207 kishida kasallik tasdiqlandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 207 kishida kasallik tasdiqlandi

O‘zbekistonda 8-aprel kuni yana 207 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2021-yildagi yangi antirekorddir. Avvalgi antirekord (196) 2-aprel kuni qayd etilgan edi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84 529 nafarni tashkil etmoqda.

%d1%84%d0%be%d1%82%d0%be0053

Yangi kasallanish holatlarining

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 29 nafari Toshkent viloyatida,
  • 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda 4 kishi, Buxoroda 6 kishi, Jizzaxda bir kishi, Namanganda 5 kishi, Farg‘onada 2 kishi, Toshkent viloyatida 22 kishi, Toshkent shahrida esa 141 kishi, respublika bo‘yicha jami 181 kishi COVID-19 kasalligidan sog‘aygan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 634 nafarga yetdi, 8-apre holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlanganlar soni 83 ming kishidan oshdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1480 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir:

  • Buxoro shahridagi maktab o‘quvchisida COVID-19 aniqlangani sabab maktab karantinga yopildi
  • Toshkent shahrida vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq O‘zbekistonda mart oyidan boshlab koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagani munosabati bilan bir qator ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgani yoki ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 1-apreldan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatilmoqda.

Рекламный блок-3

Haqqimizda uzbekiston

100200300